Biznes zal

Biznes-zal — ANOR

"Toshkent" xalqaro aeroportining "steril" hududida joylashgan yuqori qulaylikka ega Anor Business Lounge zali uchib ketuvchi va tranzit yo‘lovchilar uchun ochiq. Biznes-zalda bo‘lish Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish, alohida sanitariya-gigiyena va dush xonalari, samolyotga chiqish uchun shaxsiy taklif, shuningdek narxga kiritilgan ovqatlanish, alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni o‘z ichiga oladi. Biznes-zaldagi ovqatlanish operatori — "Pasternak" restorani.

Anor Business Lounge zalida bo‘lish narxi — 500 000 so‘m.

Xizmat uchun chegara nazoratidan o‘tishdan oldin Toshkent aeroporti kassasida yoki steril hududda turib @uzairportsBot Telegram-boti orqali to‘lash mumkin. Telegram-bot orqali xizmatni sotib olish uchun "Toshkent" aeroportini, so‘ngra uchib ketish terminalini va kerakli reysni tanlang. Shundan so‘ng bot familiya va ismingizni lotin harflarida kiritishni so‘raydi. Keyin xizmat uchun Uzcard, Humo, Visa yoki MasterCard bank kartalari orqali to‘lov qilish mumkin.

Izohlar:

1. Ushbu zal xizmatlari uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Ota-onasi bilan birga uchayotgan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan ushbu zalda xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov olinmaydi, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belgilangan tarifning 50 foizi to‘lanadi. Agar bola ota-onasi hamrohligisiz uchayotgan bo‘lsa, to‘lov to‘liq tarif bo‘yicha olinadi.

3. Shartnomalar tuzishda QQS bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq qo‘llaniladi.

4. To‘langan, ammo aeroport xizmatlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra foydalanilmagan xizmatlar uchun pul mablag‘lari xarid qilingan joyda, Arizachi to‘lagan summaning 20 foizi ushlab qolingan holda qaytariladi. Pul nazorat-kassa mashinasi cheki ilova qilingan yozma ariza asosida qaytariladi.

5. Namunaviy shartnomada buyurtmachi tomonidan to‘ldiriladigan joylar ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha savollar bo‘yicha +998555014711 (46-02) raqami orqali mutaxassislarga murojaat qiling.

09 Jan, 2022